Izi bor yuzingda o'qday ko'zlarni?!
Kimlar kutib o'tdi labingni ming yil,
Kim o'pmoq istagan anor yuzlarni?!!
So'z berishmadingmi hilvat so'z bilan,
Aka deb yurdingmi yigit do'stingni,
Lahzada sevdirib qo'yar ko'z bilan
O'n to'qqiz yil ko'zdan holi o'sdingmi?!!
Yomon deganim yo'q !
Gumon bamahzun,
Halovat halokli xayol suraman.
O'z ishqim o'zimning o'lchovlarim-chun
Yomon ko'rinsa ham yaxshi ko'raman!..
O'tmish o'tkir narsa.
Yomon mutlaqo!
Lekin sen yaxshisan... yaxshisan lekin
" Mengacha " degan so'z ulfatimmi yo
" Mengacha " degan so'z kulfatimmikin?!!
Uchratgan bo'lsaydim seni avvalroq
Avvalroq etsaydik ahdlarni tortiq,
Hech kimga bermasdim men seni mutloq
Va mangu sevardim jonimdan ortiq!
Shahriyor Shavkat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1