Предыдущая публикация
Sen õlmading,men ham tirikman!
Biz ayrildik!
Sen erlik ayol,
Men hali ham bõydoq yigitman!
Tuxum kabi archildi kõnglim.
Bulutlardek oq edi rangi!
Tushlarimga õxshaydi õngim.
Dilda xamon yaralar yangi!
Yaxshi qizlar hali ham bisyor,
Mening esa parvoyim falak.
Yana bir bor sevsam gunohkor,
Sendan farqim qolmasa kerak!
Ozorlaring bitmas sanog'i,
Hiyonatlar qavatma- qavat.
Osmonning yõq ekan qopqog'i,
Tong singari oshyon xaqiqat!
Xotiralar yashaydi abad!
Muhabbatning uzilgan joni!
Men kechirib bõlganman faqat,
Odil hukmi qoldi Xudoni!
Umid Fayz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев