Предыдущая публикация
Sening topganlaring faqat xo'rsiniq.
Mening kulguyimda jaranglaydi ishq,
Sening kulguyingda muhabbat siniq.
Dunyoga aytguvchi so'zimiz boshqa-
Mening so'zlarimda olovlanar o'q.
Sen aytgich so'zlarning libosi boshqa-
Unda saodatdan zarra nishon yo'q.
Men hayot so'zini bilaman, faqat,
Senda-chi, so'zlar g'ij, tumandir g'oya.
Sen malak bo'lishning taraddudida,
Menga insonlikning o'zi kifoya.
Ikkimiz azaldan dushman emasmiz,
Oqibat, do'stga ham do'nmayman ishon.
Men seni yengishim kerak, baribir-
Ikkiga bo'linib yasholmas inson!
Feruza Xayrullayeva
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев