Предыдущая публикация
Bag'ringizda tor bo'lgan.
Mexringizga zor bo'lgan.
U mening ,,QALBIM" edi.
Arzonlarga sottingiz.
Bozorlarda tortingiz.
Yana toshlar ottingiz.
U mening ,,QADRIM" edi.
Yolg'onlarga almashgan. Sevaman deb aldashgan. Sizni tanlab adashgan.
U mening ,,BAXTIM" edi.
Falaklarga sachradi. Yomonlardan charchadi.
Mudom sizga uchradi.
U mening ,,DARDIM" edi.
Yurak qonimdan chiqqan. Keyin dillarni quchgan. Qo'llarimdan suv ichgan.
U mening ,,SATRIM" edi.
Oshig'ingiz ko'z ilgan.
Avval ham ko'p qazilgan. MUHABBAT deb yozilgan.
U mening ,,QABRIM" edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев