Предыдущая публикация
Lab ostidan kulib qo'y
Yuragimni olib qo'y
Beparvo bo'lmagin sen
Sevishimni bilib qo'y
Nogoh tilma yurakni
Orzuyimdagi tilakni
Suydim sendek Malakni
Yuraginga aytib qo'y
Sabrim sinama ko'p
Lablarimdan bita o'p
So'zlarimga degin ho'p
Qulog'inga ilib qo'y
Oldin menchalik bölgin
Shirin bahtlarga tölgin
Sen ham qadrimni bilgin
Meni mendek sevib qöy
2016.07.08
JAVOHIR ABDUVALI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2