Предыдущая публикация
Qaldirg'ochlar qaytdilar yana,
Shabbodadan yayramoqda tan,
Navro'z bo'lar katta tantana,
Bahoringdan yashnagin Vatan!
Qirda lola toshadi endi,
Suvlar soydan oshadi endi,
Qishning sovuq qorlari tindi,
Bahoringdan yashnagin Vatan,
Gul ochmoqda o'rik va gilos,
Chiroyingga topmadim qiyos,
Yuksaklarga etgancha parvoz
Bahoringdan yashnagin Vatan!
Buncha go'zal gullarning nozi,
Chalinar sho'x yallar sozi,
Yangramoqda qushlar ovozi,
Bahoringdan yashnagin Vatan!
Ko'ngilga xush sokin bu xavo,
Xar giyoxi ming dardga davo,
Bayramlarda zavqli kuy navo,
Bahoringdan yashnagin Vatan!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2