OTA FARYODI
Chimildiqqa kirmay tuproq quchgan bolam,
Ruxi osmon samolarga uchgan bolam,
Yuragimni teshib o'tib dardu nolam,
Sen ketganding endi men xam ketdim bolam,
Og'ir ekan bu dunyoda farzand dog'i,
Dodlar soldim sen tobutda yotgan chog'i,
Meni g'amga ko'mib qo'ygan jigar poram,
Sen ketganding endi men xam ketdim bolam,
Tatimadi o'ynaganim na kulganim,
O'zim bildim xolim xarob ne bo'lganim,
Yig'layverib ado bo'ldi ko'zda jolam,
Sen ketganding endi men xam ketdim bolam,
Nega? o'lim meni emas seni oldi,
Qalbim ichra chuqur bitmas yara qoldi,
Qismat zarbi oqartirib sochda tolam,
Sen ketganding endi men xam ketdim bolam,
Sensiz otang yashadiku tirik murda,
Qani senmas men yotsaydim sovuq go'rda,
Tanim ado qilib achchiq azob alam,
Sen ketganding endi men xam ketdim bolam,
Qo'l siltadim kerak emas endi bari,
Yurak to'xtab eltib qo'ydi maxshar sari,
Yangi qabr men yoningga keldim bolam,
Sen ketganding dunyolardan ketdim bolam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2