Предыдущая публикация
Mehringizga ilhaqdurman,
Bilasizmi?
So'ramaysiz axir mendan bir bor ahvol,
Bu holimdan, suyukligim,
Kulasizmi?
Yodingizni balki kunlar o'g'irlagan,
Tunlar qo'rquv bo'lib kirgan xonangizga.
Boshingizni silab sabr allalagan,
Muhabbatim yurar hamroh yoningizda.
G'ussalarning kuni bitib qololsaydi,
Chok-chokidan so'tilsaydi qayg'u, alam.
Sog'inchingiz o'z bag'riga ololsaydi,
Baxtiyorlik menga nasib bo'lardi ham.
Fursat nima?
Boychechak sho'x kulgunchadur,
Qish o'rnida yuzin ochib turar bahor...
Intiqligim sizga axir o'lgunchadir,
Keyin,
Keyin...
Bari bekor,
Bari bekor!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев