Предыдущая публикация
Zo'rdan ham zo'r chiqadi.
''Voy, peshonam sho'r'' demang,
Undan ham sho'r chiqadi.
Omadni siz quvmang,
Quvsangiz u ketadi.
Doim halol bo'lsangiz,
O'zi quvib yetadi.
Kimdir aqlli bo'lar,
Kimdir undan o'tadi.
Ko'p bo'lganni oxiri,
Ko'p savollar kutadi.
Osmondagi bulutlar,
Doim uchib yuradi.
Ayting qaysi zo'r inson,
Mangu hayot quradi?
Manmanlikdan foyda yo'q,
Har bir inson o'ladi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Orzu bilan boshlanib, armon bilan yakunlanqdigan,
Quvonch bilan boshlanib,
Alam bilan tugaydigan umr yo'limizmi?
Mehr beradigan insonimizdan mehrsizlik ko'ramiz-u,
Befarq bo'lgan insonimizdan cheksiz mehr ko'ramiz!
Umr bo'yi kutgan insonimiz bir bor yo'qlamaydi-ku,
Kutmagan insonimiz esa atrofimizda parvona!
Bizga befarq insonga ko'ngil berib, unga talpinamiz-u,
Bizga cheksiz mehr berayotgan insonlardan esa birgina shirin so'zimizni qizg'onamiz...!
KO'ZINGNI OCH ODAMZOD...