Предыдущая публикация
Tabassuming so'nganini ko'rganim yo'q.
Ex, sevganing yolg'on ekan, sezganim yo'q,
Muhabbatning otashida sinadingmi?!
Men sevgandek seni yana kim sevar, yor?!
Bu otashga kul bo'lmoqchi kim ham darrov?!
Kul qilmoqchun yo kim bilan tikding garov?!
Senga ishqim lov-lovligin sezmadingmi?!
O'zga yorning so'zlariga ishondingmi?
Yor ko'ziga malak siymo ko'rindingmi?
Mendan ketib o'zga baxtga yetoldingmi?
Dilozorim mendek Majnun topoldingmi?!
Ko'ngil qo'yib to'g'ri qilding boshqasiga,
Sen aylanding shirin so'zlar oshnasiga!
Exx, uchrading sen mehrning tashnasiga,
Berib qo'yib seni, xato qilmadimmi?!...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Vujudingiz qolgan shalvirab.
Ko'nglingizda bahaybat armon,
Ma'yuslikdan jon-tan hilvirar.
Hayolingiz qoplagan g'ubor,
Yashash zavqi tortdimi xira?
Dard kelganda berganmi ozor?
Kurashing-da oyoqni tirab!
O'zingizni oling siz qo'lga,
Aytsam sira kelmasin malol.
Halizamon tushadi yo'lga,
Yana g'iybat qilgani shamol!...
Buncha azob, buncha maftunkor.
Dilimga o't qalaganlari,
Unutilmas toabad zinhor.
Bu otashdan yashamoq ayri,
Kechirilmas dunyoda xato.
Ko'ksingda qush turmaskan sayrab,
Bu hayotda yo'q ma'ni, xatto!
Vujudingni tirnamasa his,
Tomiringda ko'pirmasa qon,
Nechun axir biz yashayapmiz?!
Uchrashtirdi ne uchun imkon?!
Nigohlaring-umrim mazmuni,
Taftlarini sog'indim, to'ydir.
Sev, erkala, mayli har kuni
Sen-la o'tgan onlar xushbo'ydir!
Ko'zimdan yosh bo'lib, yog'adi yaproq.
Sevgilim,
Sevgilim,
O'g'riydi dilim,
Jonim yomon og'rir sizni o'ylasam,
Sunbul sochingizni silar endi kim?
Meni eslaysizmi, yo'qmi o'shal dam?...
Ko'nglim qafasida to'lg'onmoqda jon.
Toki sabr aylay yetguncha visol,
To dilbog' ohimdan bo'lmasin vayron.
Dilbarim, kulgich-la boqib qo'y yana,
Zulmatda qolgan ruh nurlarga to'lsin.
Yo'qsa, jinlar chalib ketar, kulaqol,
Kulgiching tun ichra mash'alim bo'lsin.
Dilbarim, nozik bir o't otgin tag'in,
Yurak ishq domida qolgan bemajol.
Nishon qil Murodni jarohatdan to,
Yelay na'ra tortib kelguncha visol!