Bu hayot aslida shunday yaralgan,
Doimo aytganing bo'lavermaydi.
Eng shodon kuningda yurakdan kulsang,
Hamma ham qo'shilib kulavermaydi.
Yoningda hamisha do'stlaring emas,
Mayliga dushmaning aylanib yursin.
Faqat u ortingdan tosh otguvchi emas,
Bor desa degudek dushmaning bo'lsin.
Mayliga falakning eng og'ir kuni,
Tanishlaring sendan yuzin o'girsin.
Tilagim dunyoda sen aziz bilgan
Insonlar doimo yoningda bo'lsin!!!
Garchi hayot o'tkinchi,
Lekin katta dars ekan.
Men bersam qarz emas-u,
Ular bersa qarz ekan.
Har qadamda do'stimdan,
O'zim bilmay pand yedim,
Do'st deganim do'st emas,
Faqat onam do'st ekan!
Yo'q ekan menda yurak,
Menda ko'ngil yo'q ekan.
Ular sevsa sevgiyu,
Men sevsam havas ekan.
O'ylar edim barchani,
Bir xil deya, teng deya,
Lekin go'yo ular tog',
Men bir oddiy has ekan...
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 3
Titradi jonim,
Kipriklarim namlandi birdan.
Axir mening eng qadrdonim,
Firoq dardin soldi halitdan.
Shunday ekan hayot so'qmog'i,
Uchrashtirib, kuzatadi goh.
Ayriliqning o'tkir tirnog'i,
Sanchiladi yurakka nogoh.
Uzoqlashib boradi g'am ham,
Quvonch, shodlik tafti pasayar.
Bu dunyoning ishlari bir kam,
Shundan dil ham xo'rsinib qo'yar.
Siqiladi, o'tli hayajon,
Hayolning ham buzilar tinchi.
Zolim zamin,
Loqayd bu osmon,
O'tib borar-umr o'tkinchi...
Doimo aytganing bo'lavermaydi.
Eng shodon kuningda yurakdan kulsang,
Hamma ham qo'shilib kulavermaydi.
Yoningda hamisha do'stlaring emas,
Mayliga dushmaning aylanib yursin.
Faqat u ortingdan tosh otguvchi emas,
Bor desa degudek dushmaning bo'lsin.
Mayliga falakning eng og'ir kuni,
Tanishlaring sendan yuzin o'girsin.
Tilagim dunyoda sen aziz bilgan
Insonlar doimo yoningda bo'lsin!!!
Lekin katta dars ekan.
Men bersam qarz emas-u,
Ular bersa qarz ekan.
Har qadamda do'stimdan,
O'zim bilmay pand yedim,
Do'st deganim do'st emas,
Faqat onam do'st ekan!
Yo'q ekan menda yurak,
Menda ko'ngil yo'q ekan.
Ular sevsa sevgiyu,
Men sevsam havas ekan.
O'ylar edim barchani,
Bir xil deya, teng deya,
Lekin go'yo ular tog',
Men bir oddiy has ekan...