Yo'limda tuzoq bor sezardim ona,
Yosh jonimni bukdi, yolg'on tuhmatlar,
Qarang, men butunlay o'zgardim ona.
Endi ishonmayman hech kimga aslo,
Charchab ketdim ona sotqin do'stlardan,
Meni sof sevgimdan qildilar ayro,
Ehtiyot bo'lyapman ayyor ko'zlardan.
Bir paytlar charchamay yozardim ona,
Bir kunda yuzlab bayt tizardim ona,
Ildizimga bolta urmasa kimdir,
Bundanam balandroq o'sardim ona.
Nodon suv sipqorgan ko'za bo'ldim men,
Yiqilganga tirgak hassa bo'ldim men,
Sinib ketguncha foydalandilar,
Yaxshilik qilay deb xasta bo'ldim men.
Istasam shamoldan o'zardim ona,
Daryoda suvdan tez suzardim ona,
Hayot shunchalaram beshavqat ekan,
Qarang, men butunlay o'zgardim ona.
Endi yig'lamayman pand bersa do'stim,
Bir toshga qoqilib ochildi ko'zim,
Endi aldanmayman ayyor qizlarga,
Qarang, men uch yilda o'ttiz yil o'sdim....
Chog' bo'lsa ham oyoq bosardim ona,
Xanjarimda toshni kesardim ona,
Quloch yosam osmon menki edi,
Tirnoq bilan quduq qazardim ona.
Endi hayot menga do'q qilolmaydi,
Bitta hamla bilan yo'q qilolmaydi,
Shukr, qadrim bilgan qadrdon topdim,
Dard Ahad Qayum qo'rqitolmaydi.
Tulpor edim tog'lar o'zardim ona,
Yo'limda tuzoq bor sezardim ona,
Endi men tushundim otam so'zlarim,
Qarang, men butunlay o'zgardim ona.
Aziz dustlar agar yuragiz jiz etgan bulsa klas.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1