Предыдущая публикация
Men olib ketayin barcha g'amlarni.
Men o'zim gunohkor men o'zim noshud,
Sizga qoldirmayman aslo ayblarni.
Ketaman konglimga qilmay xiyonat,
Sog'inib yashamoq uchun ketaman
Vafodorim deya sizni xayolan,
Yupanib yashamoq uchun ketaman.
Ketaman yo'q zarra ta'nam,
Aybim o'zdan tonib sizni sevganim.
Sizni yoqotganim qilmaydi alam,
Biroz og'ir bo'lar shunday ketganim..
Ketaman mayliga kulib yuring siz.
Xushnudlik, shodonlik mayin iching siz.
Kun kelib nogoxon eslaganizda.
Mening xam qadrimni bilib qo'ying siz.

Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев