KELDI..."
Derazaga boqib bedor yotganimda
Ichim g'amga,anduhlarga botganida.
Qadirdonlar mehirni ham sotganida
Xabar olay deya,mana opam keldi,
Yuzi nurli mehribonim opam keldi.
Sog'inchlarga maktub yozib tolgandimku
Kuta-kuta oxir so'lib qolgandimku.
Yolg'izlikka sekin-asta o'rgandimku,
Lekin mehri qolgan ekan,opam keldi
Jonajonim,qadirdonim opam keldi.
Xazon kabi to'zg'ib ketgan hayotim bor
Shu hayotda suyanganim Otamham bor.
Ba'zan malham bo'lolmaskan suyukli yor,
Shunday damda singil deya opam keldi,
Ne xizmating qilay deya opam keldi.
Ko'rgim kelib ko'z yoshlarim tiyolmayman
Jigarim deb ba'zan tunlar uxlolmayman.
Chaqirsa ham,labbay deya borolmayman,
Uzoq yo'lim yaqin qilib opam keldi
Xasratlarim eshtay deya opam keldi.
Bir kulchani birga baham ko'rar edik
Bolalarcha samolarni quchar edik.
Goho ota-onamizdan dakki yerdik,
Shu kunlarni eslatay deb opam keldi,
Ish-yumushdan ortib mana opam keldi.
Tush ko'rgandim:onam opang borar dedi
Aytaman xop opang xabar olar dedi.
Bugun mana ko'rgan tushim o'ngdan keldi,
Singlim omonmisan deya opam keldi,
Sog'indimku deya yana opam keldi.
Dasturxonga borim qo'yib mehmon qilay
Palovni ham,sho'rvani ham tayyor qilay.
Xush kelibsiz sizlardan o'zim o'rgilay,
Sevinchlarim ko'rib qo'ying opam keldi,
Maqtardimku mana o'sha opam keldi.
Jigar ila taomlanish rohat buncha
Bu kunlarni intiq bo'lib kutdim shuncha.
Mehringizga to'yib olay kun botguncha,
Singlim deya xabar olib opam keldi
singiljonim sog'indim deb opam keldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев