Предыдущая публикация
Hayot qiziq! - bevafodan
O'zgasiga boqtirmadi.
Zarra farqim yo'q gadodan,
Omad meni yoqtirmadi.
Aytilmadim tillarda ham,
Qololmadim dillarda ham,
Sarson bo'ldim yo'llarda ham,
Omad meni yoqtirmadi.
Ishqda mudom men orqada,
Alamlardan ko'ngil zada,
Na sevgida, na boshqada,
Omad meni yoqtirmadi.
Nafsimga qul bo'lmadim-u,
Yuraklarni tilmadim-u,
Kimga yoqdim bilmadim-u,
Omad meni yoqtirmadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев