Isming nolam dildagi so'zim!
Qora tunda yana bir o'zim.
HAMON SENI KUTIB YASHAYMAN . . .
Oylarga o'xshatib yuzingni.
Xayolimda tinglab so'zingni.
O'lgunimcha izlab o'zingni.!
ARMONLARGA BOTIB YASHAYMAN . . .
Qiynasa xam yolg'izlik xijron!
Bir kelmog'ing bo'lsada gumon.
G'amlar rangim qilsada samon.
DARDIM ICHGA YUTIB YASHAYMAN . . .
Shafqatsiz ishq egib qaddimni.
Sinab ado etdi sabrimni.
Alamlar ko'p tilgan bag'rimni.
SURATING BAG'RIMGA TUTIB YASHAYMAN . . .
Sevib sen bag'ritosh malakni.
Faryod soldim buzib falakni.
Senga Oshiq bo'lgan yurakni . !!
YULIB O'TGA OTIB YASHAYMAN . . .
Necha oylar necha xil o'tib.
Yursang yoring qo'llarin tutib.
Balki ketsang meni unitib . . .
MENCHI SENI KUTIB YASHAYMAN . . .!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев