Dilingni o'rtama dardlaring bilan.
Xasta yuragingni qiynama endi.
O'tmishdan xotira gardlaring bilan.
O'tkinchi hayotning tashvishini qo'y.
Bir onlik umringni baxtga bezagin.
Har bir soniyangdan yaratib bir kuy.
Shu kuyni chiroyli baytla bezagin.
O'tkinchi hayotning tashvishini qo'y.
Kuylasang kuylagin go'zal navodan.
Qorong'u xonangdan chiq ko'chaga chiq.
Bir to'yib nafas ol toza havodan.
O'tkinchi hayotning tashvishini qo'y.
So'zlasa vafodan so'zlasin so'zlar.
Ko'ngling eshigini berkitmagin bas.
Yig'lasa yig'lasin quvonchdan ko'zlar.
O'tkinchi hayotning tashvishini qo'y.
Sen endi yashagin buguning uchun.
Shubha va gumonni qo'y ortingga qo'y.
O'shanda bilasan ishonchning kuchun.
O'tkinchi hayotning tashvishini qo'y.
Sevgini ko'rganda qochma ortingga.
Yuz burib ketmagin imkon ber bir bor.
Baxtingni baxtim deb bilgan baxtingga..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев