Предыдущая публикация
Yuz burib ketardim, qisqasi.
Vidolar aytardim ko‘ngildan
Meningdek sevganda boshqasi.
Taqdirga tahsinlar aytardim,
Bor bo‘lsa shundayin tuhfasi.
Ko‘zimni ko‘zmunchoq qilardim
Meningdek kutganda boshqasi.
Poyondoz bo‘lmasdi o‘ylarim,
Qahringiz eritsa nafasi.
Orzuga yetardi bo‘ylarim,
Meningdek o‘ylolsa boshqasi.
Tentakni tanimay bo‘lmaydi,
Bamisli toychoqning qashqasi.
Nimadan ko‘nglingiz to‘lmaydi?
Mendayin bo‘lolmas boshqasi. ..
Pok ishqqa talpinar yuragim,
Bu fano dunyoning yo‘lkasi.
Xudoning yo‘lida sevmaydi
Boshqasi, boshqasi, boshaqasi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев