Bu
kasallikni viruslar qo’zg’atadi. Virusning A, B
va C turlari bo’lib, ularning yuqish yo’li har xil.
Virusning A turi zararlangan taomlar, idish-
tovoq, qaynatilmagan, ariq, hovuz, quduq,
suvi orqali yuqadi. B va C turlari yaxshi
sterillanmagan shprits va ignalar orqali
hamda qon va qon zardobini davolash
maqsadida boshqa odamga yubosh
natijasida yuqadi.
Kasallik boshlanishi davrida odamning
ko’ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi,
darmonsizlanadi, ba’zida qusadi va
qornining o’ng tomonida, qovurg’a yoyi
ostida kuchsiz og’riq seziladi. Siydigi to’q
sariq rangga kiradi, axlati esa rangsizlanib,
oqaradi. Bu belgilar paydo bo’lganidan keyin
3-4-kuni ko’zning oq pardasi, tanglayning
shilliq pardasi, so’ngra teri sarg’ayadi. Shuni
ta’kidlash lozimki, yuqumli gepatitning B turi
og’ir kechadi va uzoq davom etadi. Odamda
yuqorida aytilgan belgilar paydo bo’lishi
bilanoq uyga shifokorni chaqirib, uning
maslahatiga ko’ra davolanish kerak.
Yuqumli sariq kasalligining oldini olish
uchun har bir odam shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilishi zarur. B va C
turlarining oldini olish uchun shifoxonalar
va bolalar muassasalarini bir marta
foydalaniladigan shprits va ignalar bilan
ta’minlash katta ahamiyatga ega.
Shu turdagi kasalliklarni bemorlarga va
donorlarga yuqtirib qo’yishni oldini olish
uchun, har bir qon markazi yuqori
texnologiyalar bilan jihozlangan.
Bemorlar bilan ishlash va aholiga xizmat
ko’rsatish jarayonida gigiyena qoidalariga
qat’iy ravishda rioya qilinishi qonun bilan
belgilangan.
© 2010
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев