sistemam kasalliklari. Markaziy va periferik
nerv sistemasining biror sababga koʻra
umuman yoki qisman shikastlanishi
natijasida kelib chikadi. N.k. organik va
funksional boʻladi. Organik N.k. zaminida
markaziy va periferik nerv sistemasining
anatomik struktur oʻzgarishlari yotadi.
Bunga infeksion ka-salliklar,
intoksikatsiya, shikastla-nishlar, oʻsmalar,
tomir kasalliklari va b. sabab boʻladi. Bosh
yoki orka miyaning turli qismlari
zararlanishi bilan kechadigan organik N.k.da periferik nerv sistemasida falaj,
tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan
chiqishi, sezuvchanlik, ogʻriq va b.
sezgilarning buzilishi kuzatiladi.
Funksional N.k.da nerv sistemasida aytarli
anatomik oʻzgarishlar boʻlmaydi, bunga
nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy
kasalliklari (miopatiya, miotoniya va b.)
alohida guruhni tashkil etadi. N.k.ni nevrologiya va nevropatologiya fani
oʻrganadi. N.k.dan nevrozlar, insult,
ensefalit, meningit, poliomiyelit, nevrit,
radikulit, epilepsiya va b. uchraydi. [1]
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3