Предыдущая публикация
Yuragimga bosdim muz.
Eshitdim hop yiglapsiz,
To'yimga kelmagan qiz.
Sizga ko'ngil tutgandim,
Siz deb qonlar yutgandim.
Kelarmi deb kutgandim,
To'yimga kelmagan qiz.
Yuragimni bosib gam
Ko'zlarimga kelib nam.
O'zim aytib kelsam ham,
To'yimga kelmagan qiz.
To'y ko'rmoqqa el keldi,
Tulki keldi sher keldi.
Yomgir keldi sel keldi,
To'yimga kelmagan qiz.
Bo'lsa kimning armoni,
Vayron ko'ngil qo'rgoni,
Gururining qurboni,
To'yimga kelmagan qiz.
Mayli sizga baht tilay,
Nurlarday pok aht tilay.
Suratingiz ne qilay,
To'yimga kelmagan qiz.
Bahor o'tdi o'tdi kuz.
Mana kuyov bo'ldik biz,
Afsuzlarga kech afsus,
To'yimga kelmagan qiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев