Yosh jonimni azoblarga ato qildim.
Endi bildim adashganim endi bildim,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan.
Boyning qizi yuragimni yoqib ketti,
Soylar soyga...boylar boyga boqib ketti.
Ko'z yoshlarim daryo daryo oqib ketti,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan.
Ko'ngil ekan ne savdolar tushdi boshga,
Taqdirmi yo o'zim sabab ko'zda yoshga.
Kelib kelib dil beriibman bagri toshga,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan.
Boring desam bordingiza sovchi bo'lib,
Ostonadan qaytardilar hafa qilib.
Yigladingiz yuragingiz to'lib to'lib,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan.
Bu kunlarni yuragimdan o'chirmayman,
Mayli meni umid gulim so'lar ekan.
Sizni hafa qilganlarni kechirmayman,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan.
Bir qiz toping mayli ko'kda oy bo'lmasin,
Yuragida hiyonatga joy bo'lmasim.
O'tinchim bor,boy bo'lmasin boy bo'lmasin,
Kambagalni qizin sevsam bo'lar ekan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев