Sog‘-salomat dunyoga kelishingni xohlagan.
O‘lib bilan olishib, o‘z burchini oqlagan
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar,
Tun-u kun haqqimizga duo qilgan onalar.
Alla aytib tonggacha tunni kunga bog‘lardi,
Ertak so‘ylab, erkalab, ko‘ngillarni chog‘lardi,
Bemor bo‘lsang, oh chekib, yurak bag‘rin dog‘lardi,
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar,
Tun-u kun haqqimizga duo qilgan onalar.
O‘g‘li kuyov bo‘lganda kelin suyib dur topgan,
Qizi kelin bo‘lganda kuyoviga to‘n yopgan,
Nabiralar ko‘rganda quvonib har yon chopgan
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar,
Tun-u kun haqqimizga duo qilgan onalar.
Poyondoz bo‘l, ey farzand, onajoning poyiga,
Xizmat qilib, e‘zozlab, xurmatin qo‘y joyiga,
Hech bo‘lmasa bir bora xabar olgin oyiga,
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar,
Tun-u kun haqqimizga duo qilgan onalar.
Achchiq yoshlar oqmasin, hech bir ona ko‘zidan,
Rozi bo‘lsin bir umr, bergan non-u tuzidan,
Ko‘rib farzand kamolin, nur taralsin yuzidan,
Farzand uchun jonini fido qilgan onalar,
Tun-u kun haqqimizga duo qilgan onalar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев