Предыдущая публикация
Tun yig’ladi, so’zlab dardli hikoyat.
Jon-u tanda boshlama-da, qiyomat,
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Topolmasdan, izlagan ko’z ne qilsin?
Dildan tomib yig’lagan so’z ne qilsin?
Yuragingga sig’magan qiz ne qilsin?
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Yig’la yurak, yig’lagin may, yig’la nay,
Endi qaydan topay, kimga elanay?
Kel kipriging soyasida jon beray,
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Yaproq tushsa, ko’targudek holim yo’q,
Jonu tanda, jon qolmadi, jonim yo’q.
Hijron bilan yolgiz qoldim, yorim yo’q.
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Ishq zanjirin asiriman chorasiz,
Bahor-bahor bo’larmidi lolasiz?
O’lar jonga axir davo foydasiz,
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев