Singlimiz dilidegi dardlar... Sizlarga bu xikoyani so’zlab berar ekanman ko’zlarimdegi yosh ummon qadar cheksiz bo’lib o’zligimga nafrat tuyg’usini doimo yodimga solib turadi. Bundan 3 yil muqaddam turmushga chiqqandim. Fotixamdan oldin xaddan ziyod sho’x, o’ta qiziquvchan va turli xil farosatsiz odatlarim xam bor edi. Ayniqsa "Adno" ga mukkamdan ketgandim. Ammo to’yga qadar Onajonim mandegi bu xislatlarni ijobiy tomonga o’zgartirdilar. To’y xam bo’ldi, oradan oylar xam o’tdi. Turmush o’rtog’im es xushli, topish tutishi yaxshi eng muximi farosatli inson. Farzandli bo’ldik, quvonchimiz cheksiz edi. Onalik baxtini quchib farzandimni sekin asta ulg’aytira boshladim. Umr yo’ldoshim kun bo’yi ishda man esa uyda bolam bilan yolg’iz qolardim. Shu sababli ko’p xollarda zerikish dib atalgan yoqimsiz tuyg’u deyarli kun bo’yi mani tark etmasdi. Xuddi shunday zerikarli kunlarimning birida dugonalarim mexmonga kelishdi. Ularni sog’ingandim shu bois diydorlariga to’yib olish nasib qilganidan quvonib ketdim. Gapdan gap chiqib zerikish mavzusiga borib taqaldi. Ular nega "Adnoga" kirmayapsan sani "Adno" sog’indi deya xazilomus gaplar aytishdi. Turli xil baxonalarimga qaramay o’sha kuni dugonalarim mani yana "Adnoga" qaytarishdi. Turmush o’rtog’imdan buni sir tutishga qaror qildim. Endi butunlay boshqacha bo’lishini bilgandim. Zerikish mandan uzoqlashgan, dugonalarim, sinfdoshlarim bilan aloqam yana mustaxkamlana boshlagandi. O’ylardimki xayotimga mazmun kirdi, endi boshqalar kabi ovunadiganim bor deb. Biroq bilmabmanki o’sha kundan boshlab xayotimdegi eng aziz ne’matimdan ayrilishimni. O’sha vaqtlarda yana "Adnoga" mukkamdan keta boshladim. Kun bo’yi "Adnoda" o’tirib ba’zan ro’zgo’rdegi muxim yumushlar yodimdan ko’tarilib qolardi. Bularning barchasi mani xalokat tomon yaqinlashtirayotganligini bilmay yuraveribman. Kunlarning birida o’aha la’nati "Adnoga" butun vujudim sho’ng’ib ketganimdan jonim bolam xayolimdan ko’tarilib qolibdi. U endigina 1-yoshni qarshilagan va emaklab, teta poya qilib yurardi. Oradan ko’p o’tmay "Adnodan" chiqib ne ko’z bilan qarayki yonimda bolam yo’q. Qidira boshladim jonim bo’g’zimda. Tashqariga chiqdim va butun xayotimni tubdan o’zgartirib yuborgan mudxish manzaraning guvoxi bo’ldim. Endigina yorug’ dunyoga ilk qadamlarini qo’ya boshlagan mittigina farzandim xovlimizdegi xovuzda ko’m ko’k bir tusga kirib cho’kib yotardi. Xovuzdan olib chiqib ovozim boricha baqirib yig’lardim. U esa jim... Shifoxonada turmush o’rtog’imga qo’ng’iroq qildimu xushimdan ketdim. Birozdan so’ng o’zimga keldim. Ilk so’zim bolam bo’ldi. Biroq umr yo’ldoshim bag’riga bosib endi farzandimiz yo’q dib yig'laganda butun xayotim ostun-ustun bo’lib ketdi. Ilk farzandimdan ayrildim va bunda umrbod faqatgina o’zimni ayblab yashayman endi. So’zim oxirida to’ydan so’ng "Adnoga" kirgan barcha kelinlardan o’tinib so’rayman Ogox bo’ling opalar. Mani ko’zlarimdan oqqan yoshlar sizning xam ko’zingizdan oqmasin deb qo’rqaman. Yerlar yutsin o’sha "Adnoni" Chunki o’sha "Adno" sabab bolam o’ldi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев