Предыдущая публикация
Nechun ishq bizlarga qilmadi vafo?
Men seni sevardim, sen meni tanho,
Nechun biz ayrildik, bilmayman hanuz.
Arzimas arazlar sabab böldimi?
Nahot sof sevgimiz endi öldimi?
Shirin xotiralar unutildimi?
Nechun biz ayrildik, bilmayman hanuz.
Chilparchin böldimi qalblar ham nahot?
Ayriliq bizlarni tutdimi hayhot?
Körgim kelaverar, o, seni bot-bot,
Nechun biz ayrildik, bilmayman hanuz.
Qalbdagi tuyg'ular sof edi, tiniq,
Nechun ishq sevgimiz böldi ayriliq?
Endi umrboddir yuraklar siniq,
Nechun biz ayrildik, bilmayman hanuz....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев