Предыдущая публикация
Mehringizga yurak bôldi zor
Shirinsôzim ey kôzi humor
Ayting meni unutdingizmi?
Hech bir sôzga quloq solmayman
Ôzgasini qalbga olmayman
Ismingizni aytib tolmayman
Ayting meni unutdingizmi?
Qalbda quyosh bôlib porlaysiz
Tushlarimda nechun chorlaysiz
Sog'inaman balki bilmaysiz
Ayting meni unutdingizmi?
Kônglingizga berdimmi ozor
Kôzlarimda titraydi diydor
Tunlarimda yig'layman zor-zor
Ayting meni unutdingizmi?
Mehrim ummon sizgadir beshak
Devonaman ôzim telbadak
Sizni sôrar yuragim tentak
Ayting meni unutdingizmi?
Balki mendan ôtgandir gunoh
Javobi bor tangrimdir guvoh
Azob berar shu savol ey-voh
Ayting meni unutdingizmi?
/Hijrona Sanam/
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев