Gapirmang..!Jim
qoling...!
Men bugun bir to'yib yig'lab
olayin...
Ayni dam ko'nglimni yo'rgaklab,
O'zim bilan o'zim yolg'iz
qolayin....
Men biroz charchadim,biroz
toliqdim,
Kimgadir uchradim,kimga
yo'liqdim,
Bag'rim qonga belab,sochim
yulmayin,
O'zim bilan o'zim yolg'iz
qolayin....
Yerni teng ko'rdim va shunday
osmonni,
Xudoni ayblamay va na zamonni,
Ajratmay xattoki yaxshi-
yomonni,
Yurganim men bugun minnat
qilmayin,
O'zim bilan o'zim yolg'iz
qolayin....
Umr o'tib ketar,o'tmoqda hayot,
Orzu ushalmasdan istaklar
barbod,
Ma'nosiz hayotda yashadik
nahot,
Nega tug'ilganmiz kimdan
so'rayin..?!
O'zim bilan o'zim yolg'iz
qolayin....
Indamang...!Gapirmang...!
Indamang,Gapirmang,Jiiim
qoling...!
Men bugun bir to'yib yig'lab
olayin,
Ayni dam ko'nglimni yo'rgaklab,
O'zim bilan o'zim yolg'iz
qolayinnnnn.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев