Предыдущая публикация
Sevgi dardi bunchalar,
Bo`lar ekan bedavo.
Kuzda yog`gan yomg`ir kabi,
Ko`z yoshlarim to`kadi.
Ul yoshlarga mening oppoq
Orzularim cho`kadi.
Ul bevafo yurar shodon,
O`zga yor-la kulishib.
Men yashayman hali hamon
Sevgi bilan olishib.
Sevgi deydi men shundayman,
Qutulmaysan mendan hech.
Men unga yolvorib deyman,
Iltimos sen mendan kech.
Bu dunyoda endi ortiq
Yeg`lashni hohlamayman.
O`zi ojiz yuragimni
Qiynashni hohlamayman.
Bir nokas yor tufayli
Umrim hazon bo`lmasin.
Sevgining bozorida
Narhi arzon bo`lmasin.
Ey do`stlarim so`zlarimdan
Sevmayman deb qo`ymanglar.
Seving-seviling bu dunyoda
MUHABBATdan to`ymanglar!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев