05.2016 // Sport
OAV: Neymar “Barselona” bilan
shartnomasini 2022-yilgacha
uzaytirishga kelishib oldi
“Barselona” hujumchisi Neymar
kataloniyaliklar rahbariyati bilan
shartnomasini uzaytirish borasida
kelishuvga erishdi. Bu haqda
Mundo Deportivo nashriga tayanib,
“Chempionat” xabar bermoqda.
Foto: 101 Great Goals
Manbaning xabar berishicha,
braziliyalik futbolchining yangi
kelishuvi 2022-yilga qadar
mo‘ljallangan bo‘ladi. Tomonlar
o‘rtasidagi muzokaralar
jarayonining so‘nggi bosqichi
bo‘lib o‘tmoqda. “Barselona”
rahbariyati Neymar bilan
shartnomani 22-may kuni
“Sevilya”ga qarshi kechadigan
Ispaniya Kubogi finalidan so‘ng
imzolashga umid qilmoqda.
Avvalroq Neymarning shartnomasi
uzaytirilgach, uning transfer tovoni
qiymati 220 million yevro qilib
belgilanishi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, uning maoshi ham
oshadi, biroq jamoadoshi Lionel
Messinikidan ko‘proq bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Neymarning
“Barselona” bilan amaldagi
shartnomasi 2018-yilgacha
mo‘ljallangan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев