05.2016 // Dunyo
Dunyoning turli mamlakatlarida
qancha choychaqa beriladi?
Ba’zi mamlakatlarda choy puli
restorandagi tushlik uchun
to‘lovning majburiy qismi bo‘lsa,
boshqalarida, aksincha, haqorat
deb qabul qilinadi va noqulay
vaziyat yuzaga kelishiga xizmat
qilishi mumkin. TravelAsk turli
davlatlardagi umumiy ovqatlanish
muassasalarida qilinadigan hisob-
kitobning nozik jihatlarini keltirib
o‘tdi.
Foto: TravelAsk
AQSh va Kanada
Bu yerdagi har qanday restoran,
bar yoki qahvaxonada choychaqa
majburiydir. Uning qiymati shahar
yoki mintaqaga qarab umumiy
to‘lovning 15 foizidan 20 foizigacha
bo‘lishi mumkin. Hisob summasiga
soliq sifatida yana bir necha dollar
qo‘shilishini nazarda tutgan holda,
restoranda taom va ichimliklarning
umumiy narxidan tashqari 30—35
dollar qoldirish kerak.
Yaponiya
Yaponiyada xizmat ko‘rsatish
qiymati taomnomaning o‘ziga
kiritilgan, shu tufayli bu yerda choy
puli qoldirish kerak emas. Agar
ofitsiantga judayam
minnatdorchilik bildirgingiz
kelayotgan bo‘lsa, unga pulni
alohida konvertda yoki sochiqcha
ichida qoldirishingiz mumkin.
Meksika
Bu yerda choychaqa qoldiriladi,
uning miqdori esa chek
summasining 10—15 foizini tashkil
qiladi. Mehmonxonalarda esa choy
puli majburiy hisoblanadi. Masalan,
shveysarga xizmati uchun 10—20
peso, farroshga 20—40 peso,
konsyerjga esa kamida 100 peso
berish kerak bo‘ladi.
Xitoy
Yaponiyadagi kabi, bu yerda ham
choychaqa taomnomaga kiritiladi.
Bundan tashqari, yukingizni
tushirib bergan taksichi yoki SPA-
salon xodimlariga alohida
minnatdorlik bildirishingiz
mumkin. Choy puli odatda 10—30
yuan atrofida bo‘ladi.
Italiya
Italiyada umumiy to‘lovning 10
foizini choychaqa sifatida
qoldirishadi, ammo bu majburiy
emas, va faqat o‘z istagingizga
bog‘liq. Mehmonxonada esa
xonangizni tozalab berishgani
uchun 1—2 yevro bilan
minnatdorlik bildirishingiz
mumkin.
Buyuk Britaniya
Bu yerda Italiya va boshqa Yevropa
mamlakatlaridagi kabi,
mehmonxonada farrosh xizmati
uchun minnatdorlik bildirishingiz
mumkin. Restoran va
qahvaxonalarda ko‘rsatilgan
xizmat haqi esa odatda umumiy
to‘lov ichiga kiritiladi. Shunga
qaramay, ofitsiantni to‘lovning 10
—15 foizi miqdorida qo‘shimcha
ravishda “rozi qilishingiz” mumkin.
Ammo pab va barlarda choychaqa
qoldirilmaydi.
Fransiya
Fransiyaliklar ko‘pincha o‘z
umumiy ovqatlanish
muassasalarida servis to‘lov
summasiga kiritilgani haqida hech
narsa demaydi va toza vijdon bilan
qo‘shimcha pul oladi. Restoran yoki
qahvaxonalarga kirishda viveskaga
e’tibor bering: “compris” deb
yozilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatiladigan
xizmatlar taomning menyudagi
narxiga kiritilganini bildiradi.
Germaniya
Germaniyada ofitsiantlarga
choychaqa sifatida tushlik
narxining 10—15 foizi miqdorida
pul qoldirishadi, mehmonxonadagi
shveysarga esa har bitta jomadon
uchun 3 yevrodan berishga to‘g‘ri
keladi, konsyerjning xizmatlari esa
kamida 20 yevroga tushadi, xonani
tozalashga bo‘lsa, 5—10 yevro
to‘lash lozim.
Avstraliya va Yangi Zelandiya
Bu yerda choychaqa qoldirish keng
tarqalmagan. Agar sizga
ko‘rsatilgan xizmat ma’qul tushgan
bo‘lsa va o‘z minnatdorligingizni
pul shaklida bildirmoqchi
bo‘lsangiz, restoran yoki
qahvaxonaga kirishda qo‘yib
qo‘yilgan umumiy idish ichiga bir
nechta mayda pul tashlashingiz
mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев