04.2016 // Texnologiyalar
Facebook ustidan Sukerbergning
nazorati kuchayib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida sudga
shikoyat qilindi
AQShning Facebook kompaniyasiga
qarshi sudga da’vo arizasi
topshirildi. Undan ko‘zlangan
maqsad — yangi kategoriyadagi
qimmatbaho qog‘ozlarning
bozorga chiqarilishiga yo‘l
qo‘ymaslik, deb xabar bermoqda
“TASS” Reuters’ga tayangan holda.
Foto: EPA
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning
nomi keltirilmayotgan
aksiyadorlaridan biri Delaver shtati
sudiga shikoyat qilgan. Da’vo guruh
shaklida bo‘lib, unga boshqa
aksiyadorlar ham qo‘shilishi
mumkin.
O‘tgan yilning dekabrida
kompaniya asoschisi Mark
Sukerberg aksiyadorlik kapitalidagi
99 foiz ulushini sotib, pullarni
xayriya yo‘liga ishlatish maqsadini
oshkor qilgan edi. Agarda maxsus
kategoriyadagi qimmatbaho
qog‘ozlar chiqarilsa, Sukerberg
aksiyalarining asosiy qismini sotib
yuboradi, lekin ijtimoiy tarmoq
ustidan nazoratini saqlab qoladi.
“Kompaniya direktorlar kengashi
yangi emissiya to‘g‘risidagi qarorni
tasdiqlash oldidan evaziga biror
arzirli narsa olishi borasida yetarli
shijoat bilan savdolashmadi”, —
deyiladi arizada.
“Sukerberg kompaniyadagi
ulushining katta qismini milliardlab
dollarga sotib, shu bilan birga
hokimiyatini ham saqlab
qolmoqchi. Class C toifasidagi
aksiyalarni chiqarish unga
milliardlab dollar turadigan
qimmatbaho qog‘ozlarni sovg‘a
qilish deganidir, bunda u shaxsan
hech qancha pul to‘lamaydi”, —
qo‘shimcha qilinadi hujjatda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев