Gohida yiqildim, gohida turdim,
Sevgidanam, do'stdanam bir
barakay kuydim,
Dedingiz jon bolam, saqlama dilda g'am.
Mehrni narxi yo'q do'stlarni soni,
Minnatli bo'larkan o'zganing noni,
Lekin ota-onanga kelmas ekan maloli,
Muzlab qolma yo'qotgach
hidlab ro'molin.
Mehribonim onam...
Be'ozorim onam...
Beg'uborim onam...
Onajonim onam...
Nomarddan ulfat qilib,
Boshimga kulfat qilib,
Davlat ketganda oldim,
Kimga kimligim bilib.
Kecha soyamga salom berib
yurgan kimsalar,
Andishasiz yurganda ortimdan
g'iybat qilib.
Boshim toshga tekganda,
chekganimda nadomad,
Tangridan ertayu kech
so'ragan menga omad...
Onam...
Duolaringiz sabab, omad
quchog'in ochib,
Davru-davronim keldi,
yo'qchilik nari qochib,
Aslida siz ekansiz mening
baxtu omadim,
Quyoshdek porlab turing,
boshimda nurlar sochib,
Onam... Onam... Onam...
Mehribonim onam...
Be'ozorim onam...
Beg'uborim onam...
Onajonim onam...
Ichim to'lib aytdim-da gapning
xonasini
Bunchalaram mo'rt bo'lar
odam bolasi
Eng vaxshiy insonham dod
faryod qilib
Yig'larkan hayotdan o'tsa onasi.
Mehrni narxi yo'q do'stlarni soni,
Minnatli bo'larkan o'zganing noni,
Lekin ota-onanga kelmas ekan
maloli,
Bu dunyoda jannatim omon
bo'lsin joni...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев