Xaqiqat oldida egilganda bosh. Tobutda yotardi go'zal qora qosh. Yor-yor aytib bordik mozorigacha... Yotardi u jim ko'zlari ochiq. Yotardi jilmayib kulgular sochib. Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin achchiq. Yor-yor aytib bordik mozorigacha... U kirmagan edi yigirmaga ham. Endi qo'ygan edi hayotga qadam. Karaxt bo'lib qolar eshitgan odam. Yor-yor aytib bordik mozorigacha... Ona voh dod deydi hushin yo'qotib. Ota ne qilishin bilmaydi qotib. Bola vidolashar indamay yotib. Yor-yor aytib bordik mozorigacha... Seplar yig'gan edi orzular qilib. Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib. Onasi yig'laydi bag'rini tilib. Yor- yor aytib bordik mozorigacha... Taqdirni qaranga yosh ketdi essiz. Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz. Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz. Yor-yor aytib bordik mozorigacha... Mana so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal. So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal. Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal. Yor- yor tugab qoldi mozorigacha...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев