"Xizmat
doirasi"dan chiqsang ham, izzat
doirasidan chiqmagil. Bilgilkim,
"Sotka" ishvoli jononga
o'xshaydur, qanchalik ko'p
muloqot aylasang, shul qadar
ko'p
pul yo'qotgaysen. Gar o'zing
bayramu-jamshidlarda "o'chib"
qoladurg'on bo'lsang, loaqal
telefoning o'chiq bo'lmasun.
Har
on "zaryadkang" yoningda
bo'lsun, alalxusus, mehmonga
borg'onda, mezbonning uyidan
zaryad oldursang,
o'z uyingni elektr energiyosini
tejab qolg'aysan. Agar
suhbating uzoqqa
cho'ziladurg'on bo'lsa "allo',
allo', yahshi
eshitilmaydur" debon bahona
aylagil va aloqani uzgil.
Shunda
ul nomurod hamsuhbating o'zi
sang'a telefon qilg'ay.
Loaqal, besh, o'n cent ekanom
qilg'aysan. Yana anglagilkim,
telefonda gaplashmoq misoli,
bir restorandur, kirish tekin,
ammo chiqg'oningda hamisha
pul to'lab chiqursan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев