Bir qizning nomidan gapirib
beraman: Biz yoz kunlarining
birida shahar chekkasidagi
mahallalarning biridagi uyga
ko’chib keldik. Uyni sotib
olganimizda uy chala tamirlangan
edi. Biz uyga ko’chib
kelmasimizdan oldin uni
tamirladik. Nixoyat ko’chib ham
keldik. Biz oilada 4 kishi edik,
dadam,oyim, men va ukam. Men
16 yoshda edim ukam esa 12
yoshda. Dadam bilan oyim
ishlashardi uyda faqat
yakshanba kuni bo’lishardi. Uyda
ko’pincha man yolg’iz qolardim.
Ukam esa maktabda o’qirdi
maktab mahallamizga uzoq
joyda bo’lgani uchun
amakimlarnikidan qatnardi uyga
kam kelardi. Hulas bir kuni man
o’qishdan qayttim eshikni ochib
uyga kirdim. Vannaxonaga
kirsam rakvina xo’l edi. Hayron
qoldim ahir uyda hech kim yo’q
edi. Qanaqasiga rakvina xo’l
bo’ladi yoki suv jo’mragi
nosozmikin suv oqqanmikan deb
o’yladim. Keyin ovqatlandim
ozgina TV ko’rdim. Oshxonada
idish yuvayotganimda ichkaridan
gumburlagan ovoz eshitildi.
Cho’chib kettim. Nima qilishni
bilmay qoldim. Xuddi musiqaning
BASS ovoziga o’xshash edi. Sekin
ichkaridagi xonalarga qaradim
hammasi tinch edi. Keyin biroz
uyqim keldi. Xonamga kirib
yottim. Endi uyquga ketay
deganimda eshik oynasida
kimnidur aksi ko’rindi. U qora
shlyapada edi. Menga kulib
qarardi. Men shok xolatiga
tushgandim. Qattiq baqirdim. U
yo’q bo’lib qoldi. Men o’zi
qo’rqinchili ujas kinolarni ko’p
tomosha qilardim. Balki shunga
uyqisrab ko’zimga ko’ringan
shekilli deb o’yladim. Uyquga
kettim. Keyin onam ishdan
qaytdilar. Onamga bo’lgan
voqeani aytdim. Onam esa
kuldilar sen qo’rqinchili filmlarni
ko’p ko’rasan shunga ko’zinga
ko’ringandur dedilar. O’sha kuni
kechqurun uyda hamma bor edi.
Kechki ovqatni hammadan vaqtli
yedim chunki dars qilishim kerak
edi. Xonamga kirdim. Kitob
daftarlarimni olib stol ustiga
qo’ysam vannaxonadan meni
kimdur chaqirganday bo’ldi. Ukam
bo’lsa kerak deb haa dedim
baland ovozda. Keyin
xammomdan bir gumburlagan
ovoz keldi. Ukam sirpanib yiqilgan
bo’lsaya deb havotirlanib bordim.
Eshik yopiq edi chiroq ham o’chiq
sekin asta eshikni ochsam
ichkarida hech kim yo’q. Shu payt
xammomdagi ko’zguga ko’zim
tushdi. Ko’zguda qora shlyapali
odamning aksi ko’rindi menga
kulib qarab turardi. Qo’rqib
baqirib yugurib ketib qoldim.
Dadam oyim nima gapligini
so’rashdi men bo’gan voqeani
aytim. Dadam xammomga kirib
qaradilar hech kim hech nima
yo’q edi. Ko’zinga ko’ringan
deyishdi. Men qo’rqib dars ham
qila olmadim. Kech soat 22:00 edi
uyqim keldi. Ukam xonasiga kirib
ketti men xonada yolg’iz
uxlashga qo’rqdim. Oyim bilan
uhlashga yottim. O’sha kuni
kechasi tush ko’ribman
tushimda o’sha qora shlyapali
qob qora kiyinib olgan kishi meni
xonamga kirib qo’limdan qattiq
ushlab tunda ko’chaga olib chiqib
ketgan emish. Men qancha
qarshilik qilsam ham meni sudrab
tunda bir qabristonga olib boribti.
Bir qabr tepasida turgan
emishman. Qabr toshda o’sha
qora shlyapali odamining surati
bor edi. Shu payt haligi qora
shlyapali odam menga qaradida
yo’q bo’lib qoldi va men baqirib
uyg’onib kettim. Uyquga
ketishdan avval onamning
yonlarida edim. Uygo’nib qarasam
bir o’zim o’z xonamda yotar
edim. O’ng qo’lim achishib og’ridi.
Qarasam qo’lim qizarib ketgan,
qandaydur barmoq izlari bor edi.
Biroz o’tib izlar yo’qoldi. Qo’rqib
yig’lab yubordim. Tushimda o’sha
qora odam meni qo’limdan ushlab
sudragan edida. Hammasini ota
onamga aytib berdim. Ular meni
buvimni uylariga jo’natishdi.
O’qishdan chiqib buvimni uylariga
boradigan bo’ldim endi yolg’iz
qolmayman deb hursand bo’ldim
o’zimcha. Bir kuni buvim qo’shnini
uyiga ish bilan chiqib kettilar uyda
yolg’iz qoldim. Qorong’u
tushgandi yuvinish uchun
vannaga kirdim. Oynaga qarab
tursam suv jildirab oqa boshladi.
Ortimga qarasam bir qora
kiyingan odam vannada yotardi.
Ko’zlari qip qizil bo’lib vahimali
nigox bilan kulib qarab turardi.
Men qattiq baqirib qochib chiqib
kettim. Ko’cha eshik taqilladi
buvim bo’lsa kerak deb ochdim
qarasam o’sha qora odam turar
edi. Qolganini eslolmayman
ko’zimni ochsam shifoxonada
yotgan emishman qattiq
qo’rqqanimdan xushimdan ketib
qolibman. O’sha voqeadan keyin
dadam politsiyaga habar berdilar.
Men politsiaga o’sha odamni
yuzni tasvrlab berdim. Ular
fotorobot qilib chizib uni
surishtirishdi. Hammasi malum
bo’ldi. U odam 5 yil oldin vafot
etgan biz ko’chib kelgan uyda
oldin ijarada yashagan ekan. U
sirkda fokuschi bo’lib
ishlagan,vannaxonaga o’ta mast
xolatda kirib cho’milayotganda
uxlab qolgan, nafas yo’llariga suv
tiqilib o’lgan ekan. Nimaga aynan
menga uning sharpasi ko’rinyapti
desam politsiya hodimlari yuz
ko’rinishi huddi menga o’xshab
ketadigan bir sevgilisi bo’lgan
ekanligini aytishdi. U ham o’sha
uyda ijarada yashagan ekan. U
qiz fokuschi vafot etgandan
keyin boshqa davlatga ketib
qolgan ekan. Hulas hammasi
malum bo’lgach biz u uyni sotib
boshqa yerga ko’chib kettik. Buni
so’zlab bergan qiz yangi uyiga
ko’chib ketganidan keyin 1
haftadan o’tgach olamdan o’tibti.
Malum bo’ldiku qiz yangi uyida
vannaxonasida suv to’ldirib
yotgan joyida cho’kib o’lgan.
Ekspertizachilar uni kim
cho’ktirib o'ldirgani va sababini aniqlay oliwmabdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев