Yigit qizning benihoya suluvligini ko'rib
unga uylanishga ahd qildi. Atrofdagilar
nimalar demadi? U parvo qilmadi.
- Men baxtimni faqat shu qizda
ko'ryapman, onajon. Istaymanki, shu
qiz bilan menga xayrli hayot taqdir
qilingan bo'lsin.
Uning istagiga ota-ona, qarindosh-urug'
qarshi bormadi. To'ydan avval u
bo'lajak rafiqasining to'y libosi bilan
qiziqdi.
- Dugonalarim shunday libos kiyganida
men ham xuddi shunaqasidan kiyaman,
deb orzu qilgandim, - dedi qiz yelkasi,
yengi yoqasi yo'q allambalo narsaga
zo'r qiziqish bilan tikilib. - Bu hozir eng
so'nggi urfdagi ko'ylak, Italiyadan olib
kelingan...
- Go'zalim, senday chiroyli, oqila qizga
bunday libos yarashmaydi. Qaytanga,
sen shunday iboli, yarashiqli libosda
nikoh kechasini yashnatginki, bo'y
qizlar senga o'xshab dunyoning eng
go'zal kelinchagi bo'lishni niyat
qilsinlar. Sen emas, senga havas
qilsinlar, chiroyligim!..
Qiz rad etishga chog'landi, biroq
bo'lg'usi zavjining nigohlaridagi qat'iyat
va muhabbat e'tirozdan chekintirdi uni.
To'y bazmiga tashrif buyurgan
mehmonlar kelinchakning husnu
jamolidan hayratda qoldilar. Ayniqsa,
ertakdagi malikalarning kiyimini
eslatuvchi milliy liboslarimizning
zamonaviy ko'rinishdagi bichimi qiz
uzatish, yigit uylash orzusida yurgan
onalarning, bo'y qizlaru bo'y
yigitlarning orzusiga aylandi. Kayvoni
onaxonlaru duogo'y otaxonlarning
chehrasiga mamnunlik balqdi: "Ofarin,
to'y kuni odamday, ayolday kiyinsa,
sharmu hayo bilan yuzidagi parda bilan
nigohlarini begona ko'zlardan pana
qilsa bo'lar ekanu! Eh, bu qizni dunyoga
keltirib, tarbiyalagan ota-onasiga ming
rahmat!"
Nikohdan keyin kelinchak chiroyli
salom bilan kuyovga peshvoz chiqqandi,
yigit juftining oppoq barmoqlari
husniga rahna solib turgan bo'yalgan
uzun tirnoqlariga qaradi:
- Jonim, bu ne hol? Bundan buyog'iga
onajonimizning oshxonalari, kapgiru
cho'michlarini sening buyumingga
aylandi. Uzun tirnoqlarda oshxonada
taom tayyorlash, kir yuvib, uy tozalash
senga mushkul emasmi? "Men shunga
o'rganganman" dersan. Shunday ham
bo'la qolsin, go'zalim, ammo bu tarzda
yurish gigienaga ham to'g'ri kelmaydi.
Yana keksalar "Tirnoqlar ostida shayton
bolalaydi" deydilar. Men qo'llaringda
farishtalar o'ynashini, yurgan
yo'llaringga huru malikalar gul
sochishini istayman. Endi sen mening
izmimdasan, mening jonimsan, bunday
ortiqcha "bezak"laringga xohishim yo'q.
Senga oddiylik va samimiylik, hech
kimga o'xshamaslik yarashadi...
Bu e'tirof aralash e'tirozdan so'ng
kelinchakning nozik barmoqlari og'ir
yuklardan xalos bo'ldi. Oppoq, mayin
barmoqlar laklanmagan, top-toza
tirnoqlar bilan yanada go'zallashadi.
"Voajab, nega shunga o'zim ahamiyat
bermagan ekanman-a? Uzun
tirnoqlarda yurganimda qo'limga xuddi
og'ir narsa ushlab olgandek edim, endi
barmoqlarim yengil..." Kelinchak
barmoqlariga qarab o'ylanib qoldi.
Shu tariqa yigit juftini muloyimlik bilan
o'zgartirishga kirishdi. Ortiqcha
pardozdan voz kechilgandi
kelinchakning yuzi avvalgidan-da nurli
chehraga aylandi. Yillar shamoli bir
paytlari odamlar tannoz, sovuq suvga
qo'l urmaydi deya "ta'riflagan" suluv
qizni mehribon rafiqa, g'amxo'r ona,
uddaburon uy bekasiga aylantirdi.
Bir kuni yosh bolalari bilan o'ralashib,
erining xonasini tartibga keltirishni
unutib qoldirgan ayolni jufti
odatdagidek muloyimlik bilan
"jazoladi".
Nonushtadan so'ng ishga chog'langan
erning xayoliga tuqus bir hafta oldin
ishlaydigan xonasida qoldirgan kerakli
hujjatlar tushdi. Ishxonadagi surunkali
tekshiruvlardan charchab kelib, uyidagi
ish kabinetiga kirishga fursat
qilolmasdi. Bugun tekshiruvlarga kerak
bo'ladigan hujjatlarni bir hafta oldin
uyiga olib kelib ishlagandi. Er ish
xonasiga kirib yoyilib yotgan qog'oz-
kitoblar, chang bosgan ish stoliga va
kompyuter stoliga qarab avval biroz
jahli chiqdi. So'ng odatdagidek
g'azabini mayin tabassum bilan yengdi-
da, yana bir saboq uchun tadbir topdi.
U chang bosib yotgan ish stoliga "Alloh
taqdir qilgan umr yo'ldoshim, jufti
halolim, seni jonimdan ortiq ko'raman",
xuddi o'sha holatdagi kompyuter stoliga
esa "Farzandlarimning onasi,
onajonimning sevimli kelini, qalbim
ardog'idagi malagim, umring barakotli
bo'lsin!" deb yozib qo'ydi-da, bolalarini
ovqatlantirayotgan ayoliga mehr bilan
dedi:
- Onajonisi, iltimos, ish xonamdan bir
hafta oldin olib kelgan hujjatlarni olib
chiqib ber, haligi yashil jildga solingan-
chi...
Ayol xonadan chiqib, jildni eriga uzatar
ekan, yuzida iymanish va xijolatli
tabassum o'ynardi. U erining nima
demoqchiligini tushungan, bundan
keyin bolalarga ham qarab, uyning
tozaligiga ham jiddiy e'tibor qaratishni
ahd qilgandi.
Xato qilgan ayoliga yomon muomala
qilmasdan, balki uning aybini go'zal
shaklda tushuntirib, noqulay va
ko'ngilsiz vaziyatni xursandchilikka
aylantirgan aqlli erning oqilona
tadbirlari Oiladagi totuvlikni
mustahkamlaydi. Mana shunday beozor
tarbiya saboqlari bilan baxt sari
borayotgan juftlar haqiqiy muhabbatli,
chinakam baxtiyor oilalardir. Yomon
xotin qayerdan paydo bo'ladi, degan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев