Ertalab havo
sovuq edi. Zokirismli bolakay
mayda-chuyda mollar bilan savdo
qilar, savdodan topgan
foydasini maktabi yo'lkirasiga, qog'oz-
qalamiga sarflar edi.
Bugun ertalabdan uning holi qurigan,
chunki qorni juda
ochedi. O'ylanib -
o'ylanib, biror honadondan
yegulik so'ramoqchi bo'ldi.
Taqillatgan eshigidan yosh
juvon chiqib kelgach, non
so'rashga uyalib, bir piyola suv
berishini iltimos qildi. Ayol
bolakayning ochiqqanini sezdi
va katta piyolada to'ldirib sut
olib chiqdi. Zokir
shoshilmay sutni simirdi, so'ng
qancha berishini so'radi. Beka
pulolmasligini aytib : " Onamiz
bizni xayrli ishlar qilishga
örgatgan", dedi. Zokir :" Unda
men sizning haqqingizga duo
qilaman", deb quvonchi ichiga
sig'may ketdi. U
ancha tetiklashib qolgan
edi. Oradan ko'p yillar o'tdi.
Zokir ulg'ayib, do'xtir böldi. Bir
kuni uni og'ir kasalning
ahvolini ko'rish uchun
Markaziy kasalxonaga
chaqirishdi. Do'xtir Zokir uning
qaysi qishloqdan kelganini
eshitiboq ko'rishga shoshildi.
Ko'ngli boshqacha
bir uchrashuvni his etayotgan
edi. U ayolni bir qarashdayoq
tanidi. Tekshiruvlardan so'ng
uni o'zining kasalxonasiga olib
o'tdiva jiddiy muolaja qila
boshladi. Nihoyat, kasallik ortga
chekindi. Ammo bemorni endi
boshqa bir xavf bezovta
qilayotgan edi. U dori-
darmonlar va sarf-
xarajatlar uchun ketgan pulni
qanday to'layman, deb
tashvish chekayotgan
edi. Hamshira hamma hisob-
kitobni yozib, imzo qo'ydirish
uchun do'xtirning oldiga olib
kirdi. Zokirtölov qog'oziga
qarab turib, burchagiga
nimadur yozdi va
qo'lqöydi. Kampirga kasallik
varaqasi va boshqa hujjatlari
qatorida to'lovqog'ozi ham
berildi. Unda katta hajmdagi pul
yozilgan edi. "Mol-mulkimning
hammasini sotib beraman
ekan-da", deya iztirob o'tdi
ichidan. Xudodan madad tiladi.
So'ng to'lovnoma chetidagi
yozuvga ko'zi tushdi. Unda " 1
PIYOLA SUT HISOBIGA TO'LAB
QO'YILDI", deb yozilganedi.
Kampirning ko'zi
öngida shoshilmasdan sut
ichayotgan bolakay gavdalandi.
Yonoqlaridan shuvillab yosh
oqdi. "HAMD BO'LSIN SENGA,
EYROBBIM ! SEN
YAXSHILIKLARNI ORTIG'I BILAN
QAYTARUVCHI ZOTSAN" , deb
Yaratganga shukrona aytdi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2