Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band, aksariyati özi tengi va yowi ulug'lar. Faqat orqaroqdagi örindiqlarning birida 14-15 yow atrofidagi qizcha jimgina köchani tomowa qilib ketardi. Ayol ösha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy beriwni hayoliga ham keltirmasdi. Bunga sayin ayol asabiylawar, qizga burgutqaraw qilardi. Qizning e'tiborini tortish u-n yötalib qöydi. Qizcha yowi katta "xola"ga bir qarab qöydiyu yana bamaylixotir ötiraverdi. Ayol kun böyi tik oyoqda charchagandi. Xuddi hammasiga qizcha aybdordek unga jahl b-n qarardi. Xotirjam böliwga urinardi. "Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali ayolman, örnimda bowqasi bölganida bu qizaloqqa ham yaxshigina tarbiya berib qöygan bölardi",- hayolidan ötkazardi ayol. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar öng'aysizlana bowladi. Nihoyat u qarwisida ötirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yowligimizda avtobusga özimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qöli b-n körsatdi), ota-onasi har kuni nimani örgatadi, bilmadim. Ötiriwini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bölib qoldi. Keyingi bekatda avtobus töxtagach 23-24 yowlardagi bir yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. -Akajon,- qizcha köz yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan ötiwarkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam bölsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tuwib qizchani nogironlik aravachasiga ötqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat wu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi ewitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha ötirgan, böw örindiqqa qarab qolgan ayolning közlarida yosh tinmasdi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4