"Kasbim ginekolog bo'lganligi sababli ayollarga doyalik qilishdan tashqari abort qilib ham turar edim...
- Bir kuni shifohonada navbatchi edim, honamga o'rta yoshlardagi er va hotin kirib kelishdi va bir iltimos bilan kelishganini aytishdi, qanday iltimosligini so'rasam: - abort qilish kerakligini aytishdi. Ayolning ko'rinishidan homilaning 4-5 oyligini bilsa bo'lar edi. Men rozi bo'lmadim. Tahmin qilganimdek ayolning homilasi 5 oylik ekan. Homila 3 oy bo'lganidan keyin meditcinada abort qilish mumkin emasligini tushuntirishga harakat qilar edim, ammo eri tushunishni hohlamasdi. Ularning 4 ta qiz farzandlari bor, ayol homilador bo'lganidan keyin 3 ta zamonaviy apparatlarga tushgan, barchasi homila qiz bola ekanligini aytgan. Odatda homilaning jinsi 3 oydan keyin bilinadi, bular aparatma-aparat yuraverishgan. Homila bu orada 5 oylik bo'lib qolgan...
- Er yana qiz ko'rib 5 ta qizi bor degan "isnodni" ko'tarmasligini aytdi va abort qilishim uchun katta pul va'da qildi...
- Men bir oz o'ylanib turdimda bularni shashtidan qaytarishga aqlim yetmadi keyin katta miqdordagi pulni eshitib, nafsimni jilovlay olmay abort qilishga rozi bo'ldim va bu oramizda sir bo'lib qolishini tayinladim. Ayolni yotqizib abortni boshladim, bola katta bo'lib qolgani tufayli homilani bo'lib- bo'lib olishga qaror qildim, abort qiyin kechardi men ham, mendan ko'ra ayol ko'proq qiynalardi...
- Bir payt kutilmagan hodisa sodir bo'ldi...
- Bolaning belidan pasti butun tushdi, ne ko'z bilan ko'rayki bola o'g'il bola ekan...
-Men serrayib qotib qoldim va homila bo'lagini ota-onasiga ko'rsatdim, ayol dod solardi er esa o'zini qo'ygani joy topolmay qoldi...
- Men bu voqeadan anchagacha o'zimga kelolmay yurdim, hatto shifohonaga ham borolmay qoldim va homilaning jinsini ming zamonaviy apparatlar ham bilib berolmasligini, bu ish yagona Allohning qo'lida ekanligini tushunib yetdim."
Buni eshitgan odamni badanida titroq paydo bo'ladi, o'gilmi - qizmi Allohnini berganiga shukur qilaylik!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев