Öquvchilar darsda ötirgan vaqtida qizlardan biri puli yöqolganligini aytib qoldi. Öqituvchi ayol sinfda ög'ri öquvchi paydo bölganidan nihoyatda g'azablandi. U xonadan hech kim chiqmasligini va öquvchilarning sumkasini bittama-bitta tekshirib chiqishini aytib qoldi. Tekshirish birinchi qatordan boshlandi. Öqituvchi asabiy holatda hammaning sumkasini birma-bir nazoratdan ötkaza boshladi. Shu vaqtda oxirgi qatorda ötirgan qizlardan biri xavotirlana boshladi. U nihoyatda hayajonlanar, qöllari titrar, hadik bilan öqituvchiga tikilgancha öylardi: «Navbat menga yetib kelganida nima qilaman? Sumkamni ochib körishsa, sharmanda bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning qarshisiga yetib kelganida, qiz juda bezovta, közlari mungli, hadikdan qaltirab turardi. Öqituvchi undan sumkasini ochib körsatishni söraganida, qiz sumkasini berishdan bosh tortdi. Sinfda g'ala-g'ovur kötarildi. Hammaning shu qiz ög'ri ekanligiga ishonchi komil edi. Öqituvchi bu safar baland ovozda qizdan sumkasini berishni söradi. Qiz rad etgach, g'azablangan öqituvchi uning yuziga tarsaki tushirdi va nafrat bilan pichirladi: "Ög'ri!" Qizning lablarining bir chetida qon izlari körindi, yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab direktorining xonasiga olib bordi. Direktor qizdan sumkasini unga berishni qat'iy talab qildi. Qiz sumkasini direktorga uzatarkan, yig'lagan ovozda pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...." Direktor va öqituvchi sumkani ochib körishdiyu bir muddat jim bölib qolishdi. Sumkaning ichida bir nechta non bölaklari va ovqat qoldiqlari bor edi. Qiz mungli ovozda hammasini tushuntirdi: «Меn sumkamni sinfdoshlarim oldida ochib körsatishni xohlamadim. Ular menga past nazar bilan qarashlaridan, ustimdan kulishlaridan qörqdim. Меn doim sinfdoshlarimdan ortib qolgan non bölaklari va ovqat qoldiqlarini yig'ib yuraman. Uyga borganimda esa onam, men va ukalarim bularni birgalikda baham köramiz. Mening otam ölgan... Onam kasal... Ukalarim och... Bizning bundan boshqa tirikchiligimiz yöq..» U gapini tugatib ulgurmasidanoq, puli yöqolgan qiz shoshib xonaga kirdi va pul topilganligini aytdi. Ustozlarning yuziga yosh sizdi. Qiz öksib yig'lar, yuzidagi tarsaki izi esa qizarishni boshlagandi......
(Ingliz tilidan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5