Предыдущая публикация
Osmonlarni quchib ketsam,
Yodingdan ham ko’chib ketsam,
Meni eslarmikansan?
Quyosh bo’lsam oy bo’lsam,
Tuproq bo’lsam, loy bo’lsam
Erta-indin men o’lsam,
Meni eslarmikansan?
Gullar chiroy ochganda,
G’am alamlar qochganda,
Quyosh nurin sochganda
Meni eslarmikansan?
Bo’ysiz gul og’ushlasang,
Tikanli gul ushlasang,
She’rim shunda hushlasang-
Meni eslarmikansan?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1