Olis yurtlarda yashayotgan yurtdoshlarim
Vodiy, voha barcha vatandoshlarim
Vatan sog'inchin ko'ksiga osgan
qardoshlarim
O'zga yurtlarda risqin terib yurgan
vatandoshlarim
Siz ketdingiz olis manzillar tanlab
Dil toriga soginchdan o'tlar qalab
Ortingizdan ko'zlar qoldi sog'inchla qarab
O'zga yurtda risqin terib yurgan
yurtdoshlarim
O'tib borar o'zga yurtning yozu , qishi
Elkangizda rozg'or ,vatan , to'y tashvishi
Tinarmi bu ko'zlardan oqqan sog'inch yoshi
O'zga yurtda risqin terib yurgan
vatandoshlarim
Opa-singil, otayu onalariz soginasiz
Farzand , yorni , jigar bandni qumsab yurasiz
Siqilganda sog'inchdan chetga otib yum-yum
yiglaysiz
O'zga yurtdan risqin qidirgan millatdoshlarim
Garchi manzil uzoq derlar
O'rtamizda hasrat yanglig' ne sohillar
Jigarimdan bunyod bo'lgan musofirlar
O'zga yurtda risqin terib yurgan musofirlar
Tunlar bisyor ko'zda uyqu o'chib turgan
Tushlarida jajji qo'llar quchib turgan
Sizlar shunday yoshda dunyo ko'rgan
O'zga ellarda risqin izlagan yurtdoshlarim
Diydor qadar sog'inch ila yozgan she'rim
PAYG'ANBARimga aytgan salovatim
HUDOYIMga topshirgan omonatim
Musofir yurgan risqin terib vatandoshlarim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев