) - shoir. Oʻzbek adabiyotining
Navoiygacha boʻlgan atoqli vakillaridan, noma
janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim
maʼlumotlar uning bizgacha saklanib qolgan
yagona asari "Muhabbatnoma" orqali yetib
kelga’ "Muhabbatnoma" Oltin Oʻrda xoni
Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad
Xoʻjabekning taklifi bilan 1353 y.da yozilgan.
"Muhabbatnoma"ning "Bayoni voqeni aytur"
qismidan maʼlum boʻlishicha, X. ilgari ham koʻp
sheʼrlar yozgan, ayniqsa, muhabbat mavzuidagi
asarlari bilan shuxrat qozongan, lekin ular
forsiyda yozilgan boʻlib, Muhammad Xoʻjabek
shoirdan ishqiy mavzuda turkiycha kitob yozib
berishni iltimos qilgan. X. asarining maydonga
kelishida Avhadiy Marogʻaviy (127475; 133738)
ning forscha yozilgan "Muhabbatnoma"
dostonining taʼsiri boʻlgan. Lekin Avhadiyda
nomalar oshiq va maʼshuqa nomidan yozilgan
boʻlsa, X.da oshiqning mahbubasiga yoʻllagan
sheʼriy nomalari jamlangan. Har bir maktub
muallifning chuqur kechinmalari, murojaati bilan
boshlansada, unda maʼshuqa husnu jamoli,
feʼlatvorining mubolagʻali tasviri birinchi oʻringa
chiqadi. Nomalar mohiyat eʼtiboriga koʻra, vasf
bilan madhning sintezidan iborat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
"Muhokamat ullugʻatayn"da turkiy tilning
boyligini isbotlamoq maqsadida
"Muhabbatnoma"dan misol keltiradi.
"Muhabbatnoma"ning 2 ta qoʻlyozma nusxasi
(uygʻur va arab yozuvlarida) maʼlum. Shulardan
eskisi uygʻur yozuvidagi nusxa boʻlib, Britaniya
muzeyida (inv. № 8193) saklanadi. Nusxa
Shohruxning Hirotdagi sarkardasi Mir Jaloliddin
topshirigʻi bilan Bakir Mansur tomonidan 1432
y.ning martida Yazd sh.da koʻchirilgan. Oʻnta
noma berilgan. 364 baytdan tarkib topgan.
Asarning arab yozuvidagi 2nusxasi ham Britaniya
muzeyida saqlanadi (inv. №Add 7914), 1508—09
y.larda koʻchirilgan, 474 baytdan tarkib topgan.
Mafoiylun mafoiylun fauvlun vaznida yozilgan.
"Muhabbatnoma" keyingi shoirlarga katta taʼsir
koʻrsatgan. Xoʻjandiy ("Latofatnoma), Yusuf
Amiriy ("Dahnoma), Sayyid Ahmad
("Taashshuqnoma) unga nazira bitganlar.
Manbalar
Muhabbatnoma, T., 1959; Muhabbatname,
M., 1969.
adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy —
shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti
voqealari maʼlum emas. Birgina asari
«Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida
yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan
Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni
Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
«Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga
yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar
11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek
tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan.
Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi
nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya
muzeyida saqlanadi.
Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot,
fard va boshqa janrlar ham uchraydi.
«Muhabbatnoma»ning 1508 y. koʻchirilgan arab
yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning
asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich,
S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan.
Nashr qilingan manba
Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.:
1959.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobd...ЕщёXorazmiy Isteʼdodli shoir, temuriylar davri

Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak
maktublar. — T.: 1987.