Bu qiz mening ko'zlarimdan izlar tasalli.
Sevaman deb sochim silab yuzma-yuz yolg'iz
Va yelkamga nigoh tirab o'ylaydi: dalli...
Bilmaydiki, hali tuproq botmay tovonga,
Hali sevgi azoblarin bilmasdan oldin.
Kelaveradi bir dunyo his bostirib qonga,
Men tuyg'uga ko'ngil berib baloga qoldim.
Bilmaydiki, yursam-tursam yo'ldoshim shu yurt,
Uyqumda ham jonga bosib yotaman qo'lin.
Qiz degani Zulayhodan suluv bo'lsa ham,
Sevolmaydi uni hech kim, suymasa elin...
Maktabdoshim bo'lar edi Mening sirdoshim,
Kechalari ko'kka boqib o'ylar surardim.
Qayda kibor kimsa yo bir tubanlik,
Qo'limiz musht, tishimizni qayrab yurardik.
Uni bugun beshikdagi bola ham tanir,
Olim deydi... o'zi ma'qul, so'zlari ma'qul.
Sen bekorchi xayollarni suvga soch, endi
Yashashni bil, deya menga xat yozar nuqul.
Yashashni bil! Yiltillaydi ko'zlari yomon.
Yashashni bil! Kular oppok ko'ylak, oqbadan.
Sevaman deb qasam ichar talabasiga,
Yig'inlarda nutq so'zlar: ona bu - Vatan!
Hovuchimda bo'tana suv ichmasman endi,
Xayr endi bolaligim - bebaho tilsim.
Maktabdoshim bo'lar edi, eng yaqin do'stim,
Uning bugun sening shaffof ruhing ko'r qilsin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2