Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Ogaynilar, ot menga,
Ham do'stu, ham yor edi.
Yolin o'psam tiz cho'kib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chu desam yer changitib,
Osmonlarga uchardi.
Xovlimizga bir oqshom,
Qarindoshlar to'lishdi.
To'y bahona otimdan,
Ayirmoqchi bo'lishdi.
Otam yigitsan o'glim,
Uylanmasang or dedi,
Qiz yarashar quchoqqa,
Otga nima bor dedi.
Ot oldida boshlandi,
Chimildiqqa yo'lakcha.
Kechir yorim na qilay,
Otga mehrim bo'lakcha.
Qoldi ikki o't aro
Go'shangada dildorim,
Kelin kelgan kechadan,
Arazladi tulporim.
Bormi bizday oshiqlar,
Bahorimda kuz yiglar.
Qizni quchsam ot yiglar,
Otni quchsam qiz yiglar.
Bir bor o'psam hotinni,
Uch bor o'pdim otimni.
Jonni qiynab yashadim,
Kimga aytay dodimni.
Yordan kechdim otni deb,
Elga bo'ldim ermaklar,
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2