OLTI DINIY KALIMA
1. Kalimai toyyiba
L`a il`aha illall`ohu Muhammadur ros`ulull`oh.
To‘g‘ri so‘z: Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Muhammad Allohning rasulidir!
2. Kalimai shahodat
Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ros`uluh.
Iqrorlik so‘zi: Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh)ning yo‘qligiga va Muhammad Allohning bandasi va rasuli ekaniga iqrorman.
3. Kalimai tavhid
Ashhadu all`a il`aha illall`ohu vahdah`u l`a shar`ika lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhy`i va yum`it(u) va huva hayyul l`a yam`ut(u), biyadihil xoyr(u) va huva ‘al`a kulli shay'in qod`ir.
Tanholigiga iqrorlik so‘zi: Tanho Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qligiga iqrorman! Allohning sherigi yo‘qdir. Mulk Allohnikidir. Maqtov Allohgadir. (Alloh) tiriltiradi va o‘ldiradi. Ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir!
4. Kalimai raddi kufr
All`ohumma inn`i a'`uzu bika min an ushrika bika shay'an va an`a a'lam. Va astag‘firuka lima l`a a'lam. Innaka anta ‘all`amul g‘uy`ub.
Kufrni qaytarish so‘zi: Allohim, Sendan o‘zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Sendan o‘zim bilmaganim holda shirk qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechishingni tilayman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguvchi Zotsan.
5. Kalimai istig‘for
Astag‘firull`oh, astag‘firull`oh, astag‘firull`oha ta'`al`a min kulli zambin aznabtuh`u ‘amdan av xotoan sirron va ‘al`aniyah. Va at`ubu ilayhi minaz zambillaz`i a'lamu va minaz-zambillaz`i l`a a'lam. Innaka anta ‘all`amul g‘uy`ub.
Gunohlarni kechishini so‘rash so‘zi: Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Alloh taolodan ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan hamma gunohlarimni kechishini so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlardan Allohga qaytaman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguchi Zotsan.
6. Kalimai tamjid
Subh`anall`oh val hamdu lill`ah va l`a il`aha illall`ohu vallohu akbar. L`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ahil ‘aliyyil ‘az`im. M`a sh``aall`ohu k`ana va m`a lam yasha'lam yakun.
Ulug‘lash so‘zi: Allohning aybu nuqsoni yo‘qdir. Va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Alloh ulug‘dir. Mutloq kuch va quvvat qudratli va buyuk Allohdan o‘zgada yo‘qdir. Alloh nimaniki xohlasa, bo‘ladi, nimaniki xohlamasa, bo‘lmaydi.
IYMONI MUJMAL
`Amantu bill`ahi kam`a huva bi asm`a'ih`i va sifatih`i va qobiltu jamiy'a ahk`amihi va ark`anihi.
Allohni ismi va sifatlari bilan tanidim va barcha buyurgan hukmlarini qabul qildim.
IYMONI MUFASSAL
`Amantu bill`ahi va mal`aikatih`i va kutubih`i va rusulih`i val yavmil `axiri val qodari xoyrih`i va sharrih`i minall`ohi ta'`al`a val ba'si ba'dal mavt.
Mo‘minlikning batafsil ifodasi: Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga va o‘limdan keyin qayta tirilishga ishondim.
www.islom.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев