Mayli,dardim sening uchun navo bo'lsin
Tomchilar-la qilib yurgin bir tantana
Mening kuyuk yuragimga davo bo'lsin.
To'lib-to'lib tulg'onadi tuyg'ularim
To'kilolmas,paymonasi to'ldi bugun
Chaqmoqdayin chaqib utar qayg'ularim
Yashin urib muhabbatim sundi bugun.
Ajablanma gumburlagan samo emas
Mening soqov yuragimning ozorlari
Yomg'irginam yuvgin baxtning oynasidan
Yomonlarning qoldirgan dog'g'uborlarin.
Iforingda beg'uborim bolalikning
Nafaslari nafasimga tegib o'tsin
Yolg'onlarning mag'rur tutgan gardanini
Gul faslning shodliklari egib o'tsin.
Siynalarin g'am qoplagan bulutlarga
To'kilmoqdan bormi o'zga zarra imkon
Ijozat ber yuragimni asrab qolay
Tashvishimga yelka tutib turgan osmon!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев