Tirik jonni bemavrid
Ajal olgani yomon.
Aytilmasdan yurakda
Armon qolgani yomon.
-Bugun kechga sovg'am bor
Kök somsa qil onasi...
Ishga jönatdi erin
Qishloq muallimasi.
Xamir qorib kir yuvib
Bo'lari bo'ldi ayol.
So'ng o'choqqa yoqib tikan
Ko'ksomsa qildi ayol.
Ayol kechinmasiga
Topilmaydi qiyos ham.
O'tmas edi daqiqa,
Botmas edi quyosh ham.
Kun bo'yi o'yladi u
Sovg'asining neligin...
So'ng hashardan keltirishdi
Oh, erining o'ligin.
Qishloqni tutdi faryod
Oh bolam... Oh og'am... deb.
Muallima yig'lardi
Qurib ketsin sovg'ang deb.
Sovg'ang shumidi deya
Yosh to'lardi qovoqqa.
Er tuproqqa ko'mildi
Ayol esa so'roqqa.
Endi bir umr kutar
Hadya ne bo'lgan edi?
Erdan kutgan sovg'asin
Ajaldan olgan edi.
Birdan ikki o'g'ilni
Yerga berdi onasi.
Chuqur qazilgan ariq
Ajalning bahonasi.
Tirik jonni bemavrid
Ajal olgani yomon.
Bu dunyoda sovg'alar
Yopiq qolgani yomon.
Shavkat DÖSTMUHAMMAD
22.08.2014 13:55
SHE'R
Yurakda she'r bo'lib o'kiradi she'r,
Iskanja sirtiga chiqishni istar.
Qog'ozga ham aslo qamalmayman der,
Meni qo'yib yubor deb qistar.
O'tkir panjasidan tirnalar bag'ir,
Bo'yniga sirtmoqdek soldim qalamni.
Bo'lmaydi-ku qo'yib yuborib axir,
Axir she'rlar bosib ketar olamni.
Shavkat DO'STMUHAMMAD
26.07.2014
http://ok.ru/group/52768079413390
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев