Eng qimmat film bugungi
kunga qadar "Titanik"
hisoblanadi, unga 200 million
dollar sarflangan. Shunday
bo'lishiga qaramasdan bu film
allaqachon o'zining sarflangan
xarajatlarini bir necha barobar
oqlagan. Dunyodagi eng
qimmat kitob Leonardo da
Vinchining kitobi hisoblanadi.
Bu oynali harflar yordamida
qimmatbaho qog'ozga bitilgan
"Lester kodeksi" va "Yerdagi
suv va osmon ishlari" deb
nomlangan asarlar bo'lib, uni
Bill Geyts 24 million dollarga
sotib olgan. *** Eng qimmat
reklama "Pepsi"
kompaniyasiga tegishli, ushbu
kompaniya mahsulotini
reklama qilgan pop yulduzi
Britni Spirsga 7,53 million
dollar to'lagan. *** Dunyodagi
eng qimmat stadion Parij
shahri yaqinida joylashgan
"Stade de France" o'yingohi
hisoblanadi. Ushbu
o'yingohning qurilishiga 460
million yevro sarflangan. ***
Jahondagi eng qimmat savdo
markasi "Koka-kola"
hisoblanadi. Uning bahosi 68,9
milliard dollarga teng. ***
Dubaydagi "Burj Al Arab"
mehmonxonasining eng arzon
xonasida mehmon bo'lmoqchi
bo'lsangiz, 770 yevro
to'lashingizga to'g'ri keladi.
Agar cho'ntagingiz
baquvvatroq bo'lsa, bemalol
barcha qulayliklarga ega
bo'lgan xonani ijaraga
olishingiz mumkin. Bunday
xonalarning bir kunlik narxi
7700 yevro turadi. ***
Sayohatga eng ko'p mablag'
sarflaganlar dunyo bo'yicha
amerikalik Dennis Tito va
Janubiy Afrika
Respublikasining fuqarosi
Mark Shattlvort hisoblanadi.
Ular kosmosga sayohat qilish
uchun 20 million dollardan haq
to'lashgan. *** Eng qimmat
sigareta "Treasure" deb
nomlanib, uning bir qutisi 24
yevro narxda turadi. ***
Jahondagi eng qimmat shahar
kunchiqar mamlakatning
poytaxti Tokio hisoblanadi.
Yuqori texnologiyalar markazi
hisoblangan shaharga tashrif
buyurish uchun anchagina
miqdorda mablag'ga ega
bo'lishingiz kerak. *** Piter
Paul Rubensning surati eng
qimmat rasm hisoblanadi. U
73,5 million yevroga sotilgan.
*** Eng qimmat tufli mashhur
zargar Styuart Vaytsman
tomonidan yaratilgan. Mazkur
tufli 642 dona yoqut bilan
bezatilgan bo'lib, tannarxi 1,6
million yevro turadi. ***
Zaminimizdagi eng
qimmatbaho qahva
Indoneziyaning Sumatra
orolida yetishtiriladi. "Kopi
Lyuvak" deb nomlangan bu
qahva turining to'rtdan bir
funti bahosi 75 dollar turadi.
*** Eng qimmatbaho
avtomobil hozirgi kunda
"Maybach-62" hisoblanadi. Bu
avtomobilning o'rindiqlari
yotish uchun ham
moslashtirilgan. Unda DVD
pleyer ham mavjud. Ushbu
o'rindiqning narxi 360 ming
yevro turadi. *** Dunyodagi
eng qimmatbaho qo'g'irchoq
"Barbi" hisoblanadi. Ko'ylaklari
haqiqiy olmoslar bilan
bezatilgan ushbu
qo'g'irchoqning bahosi yuz
ming yevro turadi. ***
Dunyodagi eng katta shaxmat
donasi shvetsiyalik Mats Allans
tomonidan yasalgan "qirol"
ekan. Uning balandligi - 4 metr,
asosining diametri - 1,4 metrni
tashkil etadi. *** 200 yildan
ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli
27 tug'riq bilan jami 69
farzandni dunyoga keltirgan. U
to'rt marta to'rttadan, yetti
marta uchtadan va 16 marta
ikkitadan bola tuqqan. Eng
ajablanarlisi u biron marta
yakka farzand ko'rmagan.
Farzandlari soni ko'pligi
jihatidan ikkinchi o'rinni
bundan 500 yil avval dunyodan
ko'z yumgan nemis ayoli band
etgan. Uning Beniggeymdagi
qabrtoshida 38 nafar o'g'il va
15 nafar qizning onasi
bo'lgani qayd etilgan. ***
2000 yilning 28 noyabrida
Nyu- York (Amerika Qo'shma
Shtatlari)dagi Tayms-Skverda
ochilgan "Izi Evrising" internet-
kafe 648 kompyuter
terminallari bilan jihozlangan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев